Deputat tashabbusi bilan ichki yo‘llar muammosi hal etildi

 

Xalq deputatlari Taxtako‘pir tuman Kengashidagi deputatimiz Venera Dauletiyarovaga “Qora oy” ovuli fuqarolaridan murojaat kelib tushgan edi. Murojaatga ko‘ra, ovul markazida joylashgan “Gulbog‘” va “Ko‘k o‘zak” ko‘chalarining ma’lum qismi yaroqsiz holga kelib qolgani aytilgan.

Deputat tashabbusi bilan “mahalla yettiligi” va hudud aholisi hamkorligida “Ochiq budjet” loyihasi orqali mazkur ko‘chalarni ta’mirlash bo‘yicha ovoz yig‘ish ishlari samarali tashkil etildi. Faollik va hamjihatlik natijasida loyiha g‘olib deb topilib, Gulbog‘ va Ko‘k o‘zak ko‘chalarini ta’mirlash uchun 1 milliard 300 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.

Bugungi kunda ushbu ko‘chalarda asfalt yotqizish ishlari boshlanib, aholi uchun qulay va xavfsiz yo‘l infratuzilmasini yaratish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish