Rivojlantirish loyihalar ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Ulug‘nor tuman Kengashidagi deputatimiz X. Raximov “Ovulmat” mahallasida bo‘lib, hududni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan mahalla faollarining fikri o‘rganildi.
Uchrashuv davomida
– mahalla infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish, kommunal xizmatlarni tizimini yangilash;
– hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy faollikni oshirish;
– aholi murojaat va takliflarini tezkor hal etish mexanizmlari haqida suhbatlashildi.
Deputat uchrashuv davomida mas’ul tashkilotlardan loyihalarni belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirishni so‘radi.