Deputat so‘rovi bilan “Kandabuloq” mahallasidagi elektr bilan bog‘liq muammo bartaraf etiladi

 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashidagi deputatimiz Obloberdi Olimov “Kandabuloq” mahallasi hududida infratuzilma bilan bog‘liq muammolar yuzasidan o‘rganish olib bordi.

O‘rganishlarda ma’lum bo‘lishicha, tuman “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan hudud infratuzilmasini yaxshilash uchun bitta transformator va 12 ta beton ustun ajratilgan. Lekin ba’zi sabablarga ko‘ra ular amalda o‘rnatilmagan.

Mazkur holat bo‘yicha deputatimiz nega transformator va beton ustunlar oxirgi 3 oy davomida o‘rnatilmagani, natijada hududdagi elektr ta’minoti va infratuzilma barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani aytilib tuman hokimining o‘rinbosari M. Akbarovga deputatlik so‘rovi yuborgan edi.

So‘rovga kelgan javob xatida tuman hokimligi tomonidan ishchi guruh tuzilib, holat o‘rganilgani hamda ushbu kamchilik joriy yilning 2-choragi yakunigacha bartaraf etilishi bayon qilingan.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati
← Roʻyxatga qaytish