Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati D. Maxmudova tomonidan tuman aholisining murojaatlari asosida o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida Charx Kamolon-2 mahallasida 17- va 18-uylar oralig‘idagi ichki yo‘laklarni asfaltlash, shuningdek, Charx Kamolon-3 mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfalt qoplamasini yangilash zarurligi aniqlandi.
Mazkur masalalar yuzasidan deputat tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi va amaliy choralar ko‘rildi. Natijada “Zarqand”, “Zebiniso” va “Muqimiy” ko‘chalarida asfaltlash ishlari bajarildi.
Deputat D. Maxmudova tashabbusi bilan amalga oshirilgan ushbu ishlar natijasida hududdagi ichki yo‘llar asfalt qilinib, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratildi.