Mahalla faollari deputatdan infratuzilmani yaxshilashda yordam so‘radi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Nazira Matyaqubova To‘rtko‘l tumanidagi “Yoshlik” va “Do‘stlik” mahallalari aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida aholi tomonidan maktab, bolalar bog‘chasi qamrovi kamlik qilayotgani, sport kompleksi qurilishi uchun yer ajratish masalalarida murojaatlar bo‘ldi. Deputatimiz har bir murojaatni manzilli o‘rganib ularni mas’ul idoralar bilan hamkorlikda hal etishga qaror qildi.
Ta’kidlash joizki, avvalroq Nazira Matyaqubova mahallalar faollarining murojaati asosida hududdagi 45-sonli maktabga tutash ko‘chada piyodalar yo‘lagini barpo etishga erishgan edi.