Andijonlik deputatimiz tashabbus ko‘rsatdi
Xalq deputatlari Oltinko‘l tumani Kengashi deputati D. Karimov tumandagi “Murobod” mahallasi fuqarolari tomonidan hududdagi ichimlik suvi minorasiga loyqa tiqilib qolganligi, buning natijasida suv sig‘imi kamayib, aholiga yetarlicha suv yetkazib berilmayotganligi bo‘yicha qilingan murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi.
Ayni kunlarda mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida tegishli mutaxassislar jalb qilinib, zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.