Partiya tashabbusi bilan “Salomatlik aksiyasi” o‘tkazildi

 

Aholi salomatligi borgan sari yuqori darajadagi ijtimoiy rivojlanishning integratsiyalashgan ko‘rsatkichiga aylanib bormoqda. O‘zbekiston XDPning saylovoldi dasturida ham aholiga davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmat olishiga ko‘maklashish o‘z ifodasini topgan. Bu borada hududlardagi kengashlar tomonidan turli tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Xususan, xalq deputatlari Baliqchi tumani Kengashi tashabbusi bilan “O‘rmonbek” mahallasida tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi bilan hamkorlikda “Salomatlik aksiyasi” o‘tkazildi. Aksiya doirasida mahallada istiqomat qiluvchi 37 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, 2 nafar fuqaroga esa tuman tibbiyot birlashmasida davolanishi uchun yo‘llanma berildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish