Partiyamiz Buxoro tuman kengashi tashabbusi bilan “Sog‘lom jamiyat — kuchli davlat” shiori ostida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Bunda ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj odamlarning salomatligini muhofaza qilish, aholi orasida sog‘lom turmush-tarzini tatbiq etish va kasalliklarni erta bosqichda aniqlash maqsad qilingan.
Ko‘rik doirasida aholi o‘rtasida qandli diabet, yurak-qon tomir, sil, onkologik hamda boshqa kasalliklarni erta aniqlash maqsadida skrining tekshiruvlari tashkil etildi. Profilaktik ko‘riklar natijasida bir qator kasalliklar erta bosqichda aniqlanib, bemorlar nazoratga olindi.
Tibbiy ko‘rik davomida 522 nafar fuqaro malakali mutaxassislar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga ambulator va statsionar davolanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.