Nukus shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi vakillari, partiyaning “Yoshlar qanoti” a’zolari, partiya faollari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Muloqotdan maqsad, rahbar va yoshlarning muloqotini tashkil etish, yoshlarni qonun ijodkorligi jarayoniga keng jalb qilish, ularning tashabbuslari va takliflarini olish, yoshlarning siyosiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, partiya safiga jalb qilish va partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini tushuntirishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuvda oliy ta’limda qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha kvota, shuningdek, ayol-qizlar uchun berilgan imtiyozlar orqali talaba bo‘lganlar o‘z fikrlarini bildirib, Orolbo‘yi yoshlariga shunday imkoniyatlar yaratilayotganidan minnatdorligini bildirishdi.
Uchrashuvda partiya safiga yangi qabul qilingan bir qator yoshlarga partiyaning a’zolik guvohnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.