Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganishlar davom etmoqda

 

Partiyamiz Sherobod tuman Kengashi deputati S.Abdulaxatova “Kattabog‘” mahallasi joylashgan 37-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, tarbiyalanuvchilar uchun tashkil etilgan muhit, moddiy-texnik bazaning holati hamda muassasa faoliyatining samaradorligi o‘rganildi.

Shuningdek, deputat muassasa xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning taklif va mulohazalarini tingladi.

O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish