Samarqand pedagogika texnikumida yoshlarning fikr-mulohazalari, tashabbuslari va muammolarini o‘rganish maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston XDPdan viloyat Kengashi deputati F.Rahimova, partiyaning Kattaqo‘rg‘on shahar kengashi raisi J.Shamsutdinov, partiya faollari hamda yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlarga “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston–2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmonining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirildi.
Shuningdek, talabalar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni amaliy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.