Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi mas’ullaridan iborat ishchi guruh hududiy kengashlarda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, aholi muammolarini tizimli o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan qanday ta’sirchan mexanizmlar amalga oshirilayotgani, shuningdek, boshlang‘ich partiya tashkilotlari samaradorligi o‘rganilmoqda.
Ishchi guruh vakillari Andijon viloyatida olib borgan o‘rganishlarda partiya deputatlik birlashmalarining faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlashda yo‘lga qo‘yilgan yangicha mexanizmlarning samaradorligi tahlil qilindi.
Aholi manfaatlarini himoya qilish va ularning muammolariga amaliy yechim topish partiyamiz ustuvor vazifalaridan biridir. Shu sababli hududiy kengashlar huzurida tashkil etilgan jamoatchilik qabullari, sayyor uchrashuvlar hamda deputatlar ishtirokidagi ochiq muloqotlar orqali fuqarolar murojaatlariga ijobiy yechim topishga alohida e’tibor qaratiladi.