Nukusda bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tashabbusi bilan Nukus shahridagi 7-sonli oilaviy poliklinikada aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda kasalliklarni erta aniqlashga qaratilgan “Sog‘lom jamiyat — kuchli davlat” shiori ostida ommaviy bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rik davomida “Samanbay” va “Anasay” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aholi vakillari, jumladan, nogironligi bo‘lgan fuqarolar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, xotin-qizlar va keksalardan iborat jami 600 dan ortiq kishi bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tekshiruvlar davomida sog‘ligida muammo aniqlangan fuqarolarga zarur yordamlar ko‘rsatildi. Masalan, 5 nafar fuqaroga shifokorlar tavsiyasi asosida Nukus shahridagi U.Xalmuratov nomidagi Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi davolanish uchun yo‘llanma, 2 nafar fuqaroga order, 16 nafar fuqaroga dori-darmonlar hamda homilador ayollar uchun kompleks vitaminlar bepul tarqatildi.

Bunday ommabop tadbirlar aholi salomatligini mustahkamlash, odamlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, kasalliklarni erta aniqlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish