Partiyamiz Ellikqal’a tuman kengashi tashabbusi bilan tumanning “Bo‘ston” mahallasida joylashgan Oilaviy poliklinikada “Sog‘lom jamiyat — kuchli davlat” shiori ostida bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Ko‘rikda tuman Tibbiyot birlashmasi hamda oilaviy poliklinikaning oliy toifali shifokorlari aholi vakillarini chuqurlashtirilgan tekshiruvlardan o‘tkazib, ularga kerakli tavsiya va tibbiy yordamlar ko‘rsatishdi.
Jumladan, 10 nafar fuqaroga Nukus shahridagi Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida davolanish uchun yo‘llanma, 18 nafar fuqaroga statsionar va ambulator davolanishi uchun yo‘llanma berilgan bo‘lsa, 110 nafar fuqaroga 18 turdagi bepul dori-darmon vositalari bepul berildi.
Bunday bepul, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar nafaqat ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini balki, yosh bolalar, yoshi katta avlod vakillarining ham salomatligini mustahkamlashga, kasalliklarni erta bosqichda aniqlashga va sog‘lom turmush tarzini keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishga xizmat qiladi.