Ma’lumki, har oyning oxirgi haftasida Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z saylov okruglarida bo‘lib, saylovchilar bilan ochiq muloqotlar, ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganishlar, aholi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Fraksiyamiz a’zosi Firdavs Sharipov Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi “Oqtom”, “Chambil”, “Yangiqishloq”, “Navbahor”, “Xayrabod”, “O‘rta qishloq” va “Mehr-oqibat” mahallalari ochiq muloqotlar, 29, 46, 41-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hamda 6, 10-sonli oilaviy poliklinikalarda o‘rganishlar olib bordi.
Shuningdek, deputatimiz xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatiga borib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga murojaat yo‘llagan fuqarolar bilan uchrashib, ular ko‘targan masalalarni mas’ullar ishtirokida muhokama qildi.
Uchrashuvlarda Qonunchilik palatasida ko‘rilayotgan qonun loyihalari bo‘yicha muhokamalar tashkil etildi hamda qonun loyihalari haqida keng jamoatchilikka atroflicha tushuncha va ma’lumotlar berildi.