Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun tashkil etilgan kunduzgi bolalar oromgohi ko‘zdan kechirildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Yangiyer shahar Kengashi raisi Alisher Toshmatov hamda xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Zaxro Qurbonboyeva “Navro‘zobod” mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun tashkil etilgan kunduzgi bolalar oromgohida bo‘lib, mavjud vaziyat bilan tanishdilar.

O‘rganish davomida oromgohda bolalarning mazmunli dam olishi, bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, bolalar uchun tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy, sport va madaniy tadbirlar, ovqatlanish hamda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Mas’ullarimiz oromgoh faoliyati bilan tanishar ekan, bolalarning sog‘lom, xavfsiz va qulay muhitda dam olishi hamda ularning har tomonlama kamol topishi uchun yaratilgan imkoniyatlarni ijobiy baholadilar.

Shu bilan birga, oromgoh faoliyatini yanada takomillashtirish, bolalar uchun tashkil etilayotgan mashg‘ulotlar ko‘lamini kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Bunday oromgohlar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.

 

 

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish