Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi, partiyamiz Toshkent shahar kengashi raisi Irina Tokareva yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni daromadli mehnatga jalb etish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi, xorijiy tillarni o‘rganishi, IT va istiqbolli yo‘nalishlarda bilimini oshirishi masalalariga e’tibor qaratildi.
Muloqot davomida mamlakatimiz qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlar, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan qonunlar mazmun-mohiyati, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan ta’lim, bandlik, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, qonunchilikdagi yangiliklar hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan bergan savollariga javob olishdi.
Shuningdek, partiya safiga qo‘shilish istagini bildirgan bir guruh yoshlar Xalq demokratik partiyasi a’zoligiga qabul qilindi.