Chortoq tumanida investitsiya dasturi ijrosi o‘rganildi

 

Davlat investitsiya dasturi doirasida Chortoq tumanidagi Peshqo‘rg‘on mahallasi uchun jami 7 mlrd 300 mln so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ichimlik suvi tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish, salomatlik yo‘lakchasini barpo etish, ariqlarni lotoklash hamda tik quduq qazish ishlari olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputatlari F. Bahodirov va B. Otamirzayevlar dastur doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosini hamda Peshqo‘rg‘on mahallasida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarini o‘rgandi.

O‘rganish davomida qurilish ishlarini loyiha va sifat talablariga muvofiq amalga oshirish, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish hamda obyektlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish