Kuni kecha Navoiy viloyatining Konimex tumanida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Iba Narizova ham ishtirok etib, mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibor, bolalar uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratish hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda davlat-xususiy sheriklik asosida yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishning muhim ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
Deputatimizning hududlardagi o‘rganishlari va aholi bilan uchrashuvlari davom etmoqda.