58 vazirlik va idoralardan 33 tasi, 200 tuman-shahar hokimliklari byudjet ijrosi boʼyicha hisobotlarni oʼz saytlariga umuman joylashtirmagan(video)

Davlat byudjeti ijrosi haqidagi maʼlumotlar ochiqlanmasa, vazirliklarning rasmiy saytlariga joylashtirilmasa, qanday qilib jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish haqida gapirish mumkin?..

58 vazirlik va idoralardan 33 tasi byudjet ijrosi boʼyicha hisobotlarni oʼz saytlariga umuman joylashtirmay, “2020 yil uchun Oʼzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʼgʼrisida”gi Qonun bilan belgilangan talabni bajarmagan. 3 tasigina vazirlik-idora toʼliq, 22 tasi qisman joylashtirgan. 200 ga yaqin tuman-shahar hokimiyat organlaridan esa hech biri 2020 yil byudjet ijrosi boʼyicha hisobotlarni veb-saytlariga joylashtirmagan...

OʼzXDP Markaziy Kengashi boʼlim boshligʼi Boymurod Yusupov dolzarb masalani koʼtarib chiqdi.

 

Ko'rsatuvni to'liq ko'ring

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish