Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlarni siyosiy hayotga tayyorlovchi maktab sifatida Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisining har ikkala palatalari huzurida Yoshlar parlamentining tashkil etilishining oʻzi ham parlamentarizmda yoshlarning oʻz ovoziga ega boʻlishini taʼminlab berdi. Yoshlar borasida Prezidentimiz qaysi minbardan maʼruza qilsalar ham aynan biz yoshlar boʻyicha alohida oʻz tashabbuslarini ilgari surmoqdalar.
Shu munosabat bilan biz partiya yoshlarining oldida ham juda katta masʼuliyat turibdi. Biz avvalo yoshlar borasida amalga oshirayotgan ishlarimizni tanqidiy tahlil qilgan holda ishimizni toʻgʻri yoʻlga qoʻyib olishimiz lozim. Bugun partiya gʻoyalarini ommalashtirish va yoshlarni partiyamiz safiga keng jalb qilish masalasiga eʼtibor qaratar ekanmiz avvalo, joriy yilning oʻtgan davrda amalga oshirilgan ishlarni qisqacha bayon etsak maqsadga muvofiq boʻlar edi.
Partiya Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni ijrosini taʼminlash maqsadida viloyatimizda 5 ta loyiha, 22 marotaba masofaviy oʻquvlar, 45 ta mahallada partiya gʻoyalari targʻibotiga qaratilgan davra suhbatlari, 11 marotaba Oliy taʼlim muassasalari talaba yoshlari bilan muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga bagʻishlangan tadbirlar, 1 ta respublika miqyosidagi yoshlar forumi, yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida 5 marotaba mehnat yarmarkalari tashkil etildi. Bugungi kunga kelib viloyat kengashimizda jami 12768 nafar yoshlarimiz partiyamizga aʼzo hisoblanadi.
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirilishida Oʻzbekiston XDP Samarqand viloyat, tuman va shahar kengashi ishtirokini taʼminlash yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasini har bir bandi ijrosini taʼminlash boʻyicha bir qator amaliy ishlar olib borilgan boʻlib, shu asosida 41 nafar yoshlar bandligi taʼminlangan.
Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik, diniy ekstremizm va aqidaparastlikning oldini olish maqsadida Oʻzbekiston XDP Samarqand viloyat, tuman va shahar kengashlari tomonidan “Uyushmagan yoshlar bilan partiya ham ishlaydi” mavzusida yoshlar oʻrtasida keng ravishda targʻibot-tashviqot ishlarini olib borilib, Oʻzbekiston XDP tuman va shahar kengashlari tomonidan 12 marotaba davra suhbatlari va amaliy loyihalari tashkil etildi. Bu tadbir barcha tuman va shaharlarda namunali tarzda tadbirlar tashkil etilib, 500 nafardan ziyod yoshlar qamrab olindi.
Joriy yildan biz Yoshlar bilan ishlash sektorimizning ish faoliyatini tartibga soluvchi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritdik. Shuningdek, Prezidentimiz ilgari surgan tashabbuslari boʻyicha Chora-tadbirlar dasturini ham ishlab chiqdik. Hozirda partiya safidagi yoshlarni haqiqiy sonini qaytadan inventarizatsiyadan oʻtkazmoqdamiz.
Biz hozirgi kunda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha turli xil amaliy loyihalar ishlab chiqdik. Mazkur loyihalar aynan prezidentimiz ilgari surgan tashabbuslariga qaratilgan boʻlib, partiya safiga yoshlarni jalb qilishda juda katta samara beradi degan umiddaman.
Bundan tashqari har xil sport marafonlari oʻtkazish oʻz rejamizda turibdi buni ham samarali tashkil etish boʻyicha hozirdan tayyorgarlik jarayonini boshlab yubordik. Shuningdek partiya qoshiga yoshlarni jalb qilish maqsadida “Yosh liderlar” klubini tashkil etdik, va viloyatimizda ushbu klubga 50 nafar iqtidorli, tashabbuskor yoshlarni jalb etdik. Bu bilan biz partiyaning kuchli bilimli yoshlarini shakllanishiga erishamiz.Ularga biz nafaqat qanot faollari sifatida qarabgina qolmay ularni bilimini oshirish boʻyicha ham oʻquv dasturlari ishlab chiqqanmiz.
Bundan tashqari, mehribonlik uylari, saxovat va muruvvat uylarida har oyda bir hududda maʼnaviy, koʻngilochar tadbirlarini amalga oshiramiz.
Yoshlarni joʻshqin hayotga jalb etish maqsadida hududlarda sport marafonlari tashkil etiladi. Bu orqali partiyamiz yoshlar qamrovini kengaytiramiz.
Oʻylaymanki, ushbu xayrli ishlarimiz orqali barcha yoʻnalishlarni qamrab olamiz.
Bir soʻz bilan aytganda, joriy yilda partiyamizni ijtimoiy-siyosiy faoliyatimizning barcha yoʻnalishlari boʻyicha katta ishlar kutmoqda. Bu ishlar davomida elektoratimiz manfaatlariga javob beruvchi ustuvor iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni hal qilishdagi ishtirokimizdan sezilarli natijalarga erishish partiyaning jamiyatdagi taʼsirini yana-da kuchaytirishning muhim omili boʻlib xizmat qiladi.
ISLOMBEK UMIROV
Oʻzbekiston XDP Samarqand viloyati
Kengashi Yoshlar bilan ishlash sektori mudiri