QOʼSHPETАDА DEPUTАTIMIZ TАSHАBBUSI BILАN MUАMMO HАL BOʼLDI
QOʼSHPETАDА DEPUTАTIMIZ TАSHАBBUSI BILАN MUАMMO HАL BOʼLDI

Fargʼona viloyat Kengashidagi Oʼzbekiston XDP guruhi rahbari Dilbarxon Mamadjanova saylovchilar bilan bevosita muloqotlar oʼtkazib, aholini tashvishlantirayotgan muammolarni oʼrganib kelmoqda. Yuzma-yuz muloqotlarda yechimini kutayotgan bir qator muammolar borligi maʼlum boʼlmoqda.

 Fargʼona viloyatining Qoʼshtepa tumani Borot MFY hududidagi namunaviy uylarda yashovchi 18 ta xoʼjalikdagi fuqarolardan shikoyat ariza kelib tushgan edi. Maʼlum boʼlishicha, ushbu xonadonlarga bir necha oydirki ichimlik suvi kelmayotgan ekan.

D.Mamadjanovaning saʼy-harakatlari bilan qisqa fursat davomida aholiga toza ichimlik suvini yetkazib berish maqsadida yangi suv nasosi oʼrnatilib, ishga tushirildi. Bundan tashqari, joriy yilning iyulь oyidan buyon ichimlik suvi tarmogʼidan uzib qoʼyilgan Yozyovon tumani “Qoratepa” MFYdagi “Iftixor” koʼchasida yashovchi fuqarolarning murojaatlari ham ijobiy hal etildi.

Oʼzbekiston XDP Fargʼona viloyat kengashi

Аxborot xizmati.

Teglar

Deputat
← Roʻyxatga qaytish