XАLQ DEMOKRАTIK PАRTIYASI ODDIY ODАMLАR ORАSIDА
XАLQ DEMOKRАTIK PАRTIYASI ODDIY ODАMLАR ORАSIDА

Oʼzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi hamda Toshkent viloyat kengashi jamoasi Crafers qandolat fabrikasi hamkorligida Oʼrta Chirchiq tumanidagi «Аbbosxon, Shukurillo» fermer xoʼjaligi dalasida hasharda boʼldi.

Erta tongdan hashar tashkil etilib, paxta teruvchilarga koʼmaklashildi.

Tushlik vaqtida bir piyola choy ustida aholi vakillari bilan samimiy suhbat qurildi.

Oʼzbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi Ulugʼbek Inoyatov yigʼilganlarga koʼppartiyaviylik tizimining mohiyati, partiya ilgari surayotgan yangi gʼoyalar xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishda qanday ahamiyat kasb etishi haqida fikr bildirdi.

Toshkent viloyat kengashi raisi Sayyora Fayzieva partiyamizning yangi Saylovoldi dasturiga kiritilayotgan maqsad va vazifalar haqida qisqacha maʼlumot berdi.

Xalq demokratik partiyasi safida boʼlish istagini bildirgan Oʼrta Chirchiq tuman hokimi oʼrinbosari Doniyor Turgʼunov, tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshligʼi Dilmurod Sultonov, «Аbbosxon, Shukurillo» fermer xoʼjaligi rahbari Sevara Hoshimova va yana 20 nafarga yaqin yurtdoshimizga aʼzolik guvohnomalari topshirildi.

Oʼrta Chirchiq tuman kengashi raisi Feruza Babasheva tumanda partiyamizga xayrixohlar safi koʼpayib borayotgani, ularning ishonchini qozonish uchun targʼibotning yangicha va samarali usullarini keng qoʼllash lozimligini taʼkidladi.

Uygʼur MFY raisi oʼrinbosari Sobirjon Turgʼunov qishloq joylarda yashayotgan odamlarning koʼnglini topish, ularni oʼylantirayotgan masalalar hal etilishiga koʼmaklashish katta savob boʼlishi haqida ibratli fikrlar bildirdi.

Oʼzbekiston XDP Markaziy Kengashi

Аxborot xizmati

← Roʻyxatga qaytish