Oʼzbekiston XDP Ohangaron tuman kengashi tomonidan “Ijtimoiy himoya va farovonlik uchun kurashamiz” shiori ostida targʼibot tadbiri oʼtkazildi.
Ushbu targʼibot tadbiri har qanday rasmiyatchilikdan holi tarzda istirohat bogʼida ota-onalar farzandlari bilan, yoshlar doʼstu hamrohlari bilan ishtirok etdi. Targʼibot jarayonlarida partiya gʼoyalari mazmun-mohiyati, odamlarning farvon hayot kechirishga xizmat qilishi tushuntirildi.
Yangicha formatdagi targʼibot tadbirini Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi oʼrinbosari Mehrojiddin Darxanov kirish soʼzib bilan ochib, saylovlarning yurtimizdagi demokratik jarayonlarni jadallashtirishdagi ahamiyati, partiyaning yangi Saylovoldi dasturida belgilanayotgan asosiy gʼoya va vazifalar haqida qisqacha maʼlumot berdi.
Partiya, birinchi navbatda, davlat va jamiyatning manzilli ijtimoiy himoyasiga muhtoj aholi vakillarining manfaatlarini ifoda etishi, ijtimoiy tenglik va adolat, ijtimoiy birdamlik, ijtimoiy demokratiya gʼoyalari uchun kurashishini taʼkidladi.
Sanʼatkor va xonandalarning quvnoq chiqishlari hammaga koʼtarinki kayfiyat ulashdi.
Tadbirning badiiy qismida bolajonlar uchun bayramona dastur namoyish qilindi. Xonandalari chiqishlari yoshlarga koʼtarinki va bayramona kayfiyat ulashdi.
Bolalar ishtirokida oʼtkazilgan turli noanʼanaviy oʼyinlar gʼoliblariga sovgʼalar berildi.
Yakuniy qismda tadbir ishtirokchilariga saylovlar, siyosiy partiyalar va mamlakatimiz parlamenti faoliyati haqida savollar berildi. Savollarga birinchi va toʼgʼri javob bergan qatnashchilar ham sovgʼalarga ega boʼldi.
Turli attraktsionlar, oʼyinchogʼu argʼimchoqlar shu kuni kichkintoylar xizmatida boʼldi.
OʼzXDP Toshkent viloyat kengashi
Аxborot xizmati