Partiya faoliyati muhokama qilindi
Partiya faoliyati muhokama qilindi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Nukus shahar kengashining IV plenumida partiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi mas’ullari, Nukus shahar Kengashi, xalq deputatlari Nukus shahar Kengashidagi partiya guruhi a’zolari, boshlang‘ich partiya tashkiloti raislari, partiya faollari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Plenumda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi dasturi ijrosi hamda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda partiyaning faol ishtirokini ta’minlash masalalari, xalq deputatlari Nukus shahar Kengashidagi partiya guruhining o‘tgan yildagi faoliyati yuzasidan hisoboti, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Nukus shahar Kengashi Ijroiya qo‘mitasining o‘tgan yildagi faoliyati yuzasidan hisoboti muhokama etildi.

Unda partiyaning dasturiy ustuvor yo‘nalishlari, partiya kengashi va deputatlik guruhlari hamkorligida amalga oshirilgan ishlar, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Partiya kengashi tomonidan tashkil etilgan xayriya aksiyalari davomida yuzdan ortiq xonadonlarga kirib, ularning holidan xabar olib, muammolari o‘rganildi va yordam ko‘rsatildi.

Hisobot davrida deputatlik guruhi tomonidan partiya amaliy Harakat dasturidagi belgilangan hamda undan tashqari deputatlik guruhlari tashabbusi bilan 9 ta masala partiya guruhlarida, doimiy komissiyalarda va sessiya kun tartiblariga kiritilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Hisobot davrida “Jamoatchilik qabulxonasi”ga 63 fuqarodan murojaatlar kelib tushdi va bu murojaatlar Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashidagi deputatlik guruhi a’zolari bilan birgalikda ijobiy hal kilinishiga erishildi. Partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarining mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazish va tushuntirish, partiyaning jamiyatdagi ijobiy imidjini yaratish maqsadida targ‘ibot, tashviqot tadbiri tashkil etildi.

Partiyaning dasturiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, partiya elektorati manfaatlari himoyasiga qaratilgan “Yoshlarga ko‘mak”, “Ayollarga ko‘mak”, “Ayollar bandligi – aholi farovonligi”, “Mehr ulashaylik”, “Deputat va yoshlar”, “Deputat mahallada” va boshqa loyihalar amalga oshirildi. “Deputat mahallada” loyihasi doirasida deputatlar hamda partiya xodimlari mahallalarda uyma-uy yurish orqali 24 mahallada 200dan ortiq xonadonga kirib bordi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholi bilan muloqot qilib, ularning muammo va masalalarini o‘rgandi.

O‘rganish natijalaridan kelib chiqib, aniqlangan muammolar yuzasidan partiya guruhlarida, doimiy komissiya yig‘ilishlariga va sessiyalar kun tartibida muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Dovud Abibullayev,

Maqsad Habibullayev (surat),

O‘zA

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish