O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi mediamarkazida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy ijroiya hokimiyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bo‘yicha muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbir qonun loyihasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish, yangi demokratik me'yorlar yuzasidan fikr almashish, deputatlar, jamoatchilik va yoshlar vakillarining takliflarini o‘rganish maqsadida tashkil etildi. Qonun loyihasida hokimlikka nomzod ko‘rsatishning yangi tartibi, hokimlarga ishonchsizlik bildirish intstituti belgilanayotgan bo‘lib, xalq deputatlari Kengashlariga qator yangi vakolatlar berilishi va boshqa demokratik me'yorlar ham nazarda tutilmoqda.
Shunungdek, mahalliy ijroiya hokimiyati faoliyatining ochiqligiga oid qator talablar belgilanmoqda.