Aholi murojaatlari o‘rganilmoqda
O‘zbekiston XDP Xalq deputatlari Yuqori Chirchiq tuman Kengashi deputati Manzura Ospanova tomonidan Baliqchi MFYdagi 13-umumta'lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar yuzasidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Unda mahallada yashovchi aholi hamda yoshlar ishtirok etdi. Muloqot davomida aholidan tushgan murojaatlar o‘rganilib, yechimi yuzasidan vazifalar belgilab olindi.