Onalik va bolalik muhofazasi – doimiy e’tiborda
Onalik va bolalik muhofazasi – doimiy e’tiborda

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Farg‘ona shahar kengashi tashabbusi bilan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Farg‘ona viloyat filialining tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi mutaxassislari tomonidan shahardagi 5-oilaviy poliklinikada ayollar va o‘smir qizlarni sog‘lomlashtirish va bo‘lajak onalarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, onalar va bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida “Onalik va bolalik muhofazasi – doimiy e’tiborda” loyihasi doirasida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tadbir ayollarda uchraydigan kasalliklarni barvaqt aniqlash va ularni vaqtida davolash maqsadida tashkil etildi. Shuning bilan birga, ona va bola salomatligini muhofaza qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida loyiha ishtirokchilariga tushuntirishlar berildi.

Tibbiy ko‘rik davomida 140 dan ortiq xotin-qizlar shifokorlar nazoratidan o‘tkazildi. 35 nafar ehtiyojmand bemor xotin-qizlarga bepul dori-darmonlar tarqatilib, ularning ikki nafariga imtiyozli davolanishlari uchun yo‘llanmalar berildi. “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi viloyat hududiy bo‘linmasi tomonidan tibbiy ko‘rik ishtirokchilariga 14 xil bepul dori-darmonlar berildi.

Tadbir so‘nggida tibbiyot xodimlaridan bir guruhiga viloyat Kengashining faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish