Masalalar yechimi yuzasidan tushunchalar berildi
Masalalar yechimi yuzasidan tushunchalar berildi

 

Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi deputati Fotima Normatova tashabbusi bilan “Ayollar bilan yuzma-yuz” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari – tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sayyora Berdiyeva, tuman ichki ishlar bo‘limi xotin-qizlar bo‘yicha sektor rahbari Oksana Qodirova hamda mahalla xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi.

Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar xotin-qizlar va yoshlar ijtimoiy himoyasiga oid qabul qilingan Qonun va Qarorlar mazmun-mohiyati, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Davra suhbati davomida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, shuningdek, boqimandalik kayfiyatida yurgan shaxslar muammolarini bartaraf etishda ko‘maklashish, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish to‘g‘risida tushuntirishlar berildi va savol javoblar o‘tkazildi. Shundan so‘ng xotin-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaatlar qilishdi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish