Erta turmush keltirar tashvish
Erta turmush keltirar tashvish

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Boysun tuman Kengashiga saylangan deputat S. Majitova tashabbusi bilan o‘zi rahbarlik qilayotgan 2-sonli Maktabgacha ta’lim muassasida erta turmushning oldini olish va uning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan “Erta turmush keltirar tashvish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar oila muqaddasligi, uning tinchligini asrash inson uchun katta mas’uliyat ekanligi, viloyatda xotin-qizlar manfaatlarini himoyalash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, salomatligini mustahkamlash ishlariga katta ahamiyat qaratilayotganligi haqida batafsil tushunchalar berdi.

Muloqotda ishtirok etgan yoshlarga mutaxassislar tomonidan qiz bolani barvaqt turmushga berish va erta farzand ko‘rish, qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari, nikohdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishning zarurligi borasida maslahatlar berildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish