Aholi muammolari o‘rganilmoqda
Aholi muammolari o‘rganilmoqda

 

O‘zbekiston XDP Farg‘ona shahar kengashi tomonidan joylarda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan, ish bilan ta’minlanmagan ayollarni o‘z vaqtida aniqlash, ular bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar olib borilmoqda.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni manzilli qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Uyma-uy" loyihasi doirasida Farg‘ona shahar hududidagi "Yangi yo‘l", "Madadkor" mahallalaridagi xonadonlar o‘rganildi.

Og‘ir sharoitga tushib qolgan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar xonadoniga tashrif buyurib, ular bilan yaqindan suhbat qurildi va muammolari aniqlandi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish