Deputatlar faolligi natija bermoqda (video)

O‘zbekiston XDPdan saylangan 11- Axshak saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Azizbek Qodirovning sayi-harakatlari bilan Prezidentimizning “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 408-sonli qarori doirasida qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Hususan, Toshloq tumanidagi olis qishloqlarda, jumladan "Xo‘jaariq" mahalla fuqarolar yig‘inida aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida yangi transformator o‘rnatildi. Tuman elektr tarmoqlari idorasi xodimlari tomonidan elektr uzatish tarmoqlari ham yangilandi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish