Qaror ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi rahbari Zokirjon Zohidov hamda kotiyat mudiri Sherzodjon Karimov Farg‘ona tumanida "Bahodir Logon tekstil" korxonasida bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi PQ-4804 sonli qarori ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
O‘rganish ishlari davomida yoshlar va xotin-qizlarga yaratib berilgan imkoniyatlar, bugungi kunda ularni qiynab kelayotgan muammolar haqida atroflicha suhbatlashildi.