Ayollar ijtimoiy himoyasi – ijtimoiy faollik poydevori

 

Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashiga qarashli 3-Chiroqchilar saylov okrugidan saylangan deputat Xodjiyev Oybek o‘z saylov okrugida aholi muammolarini o‘rgandi.

Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ular o‘rtasida oilaviy va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga yordam berish, nogironligi bo‘lgan ayollar xonadoniga borib, ular xolidan xabar olish va muammolarini hal etishga ko‘maklashish maqsadida "Ayollar ijtimoiy himoyasi – ijtimoiy faollik poydevori" loyihasi o‘tkazildi.

Shu bilan birga mahalladagi 6 toifa bo‘yicha "Ayollar daftari"ga kiritilgan har bir xonadonga kirib, xotin-qizlarning shart-sharoitlarini o‘rgandi. O‘rganishlar jarayonida aniqlangan muammolar deputat nazoratiga olindi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish