Yurtimizdagi yangilanishlar xotin-qizlar tafakkurida ham o‘zgarishlarni sodir etib ulgurdi. Ular bugun o‘z bilim va iqtidorini to‘laqonli ifoda etish uchun katta faoliyat maydoniga chiqqan. Hayotning barcha jabhalarida astoydil mehnat qilmoqdalar. Zamon o‘zgarib, fikrlar, qarashlar yangilangani sayin bugunning ayoli millat va jamiyat taqdiri uchun mas’ul ekanligini yanada teranroq anglamoqda.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Buxoro viloyat kengashi raisi Tuyyeva Zulfiya Nozimovna yurtimizdagi shunday faol siyosatchi ayollardan biri bo‘lib, partiyadagi faoliyati bilan bir qatorda ilm yo‘lida ham mashaqqatli mehnat qilmoqda. Zulfiya Tuyyevaning hayot yo‘liga nazar tashlab oddiylikdan murakkablashib borgan umr lahzalariga guvoh bo‘lamiz. Bu lahzalar asosini esa ilm tashkil etadi.
Ilm – insonning ulug‘ fazilati, olimlik esa uzoq aqliy mehnat, qunt va iroda bilan qo‘lga kiradigan sharafli unvon. Partiyadoshimiz Zulfiya Nozimovna falsafa fanlari doktori darajasiga erishib, olimalik martabasiga erishdilar. Bu inson qayerda ishlamasin, qay sohaga rahbarlik qilmasin o‘z vazifasining mas’uliyatini, zalvorli yukini his etgan holda bajarib, iste’dodiga, mehnatiga va mahoratiga tayanadi.
Jamoamiz va partiyamizning ko‘p ming sonli a’zolari nomidan Zulfiya Nozimovnani falsafa doktori ilmiy unvoni bilan muborakbod etamiz. Mashaqqatli va mas’uliyatli ishlariga rivoj tilaymiz. Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus ko‘rsatishdan hech qachon charchamang.