"Uyma-uy" loyihasi
O‘zXDP Kogon shahar kengashi raisi Sh. Izomova tomonidan "Uyma-uy" loyihasi asosida "Maxtumquli" va "Alisher Navoiy" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar holidan xabar olindi.
Uyma-uy yurib, olib borilgan suhbatlar natijasida ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi. Sog‘liqni saqlash, dori-darmon masalalarida murojaat qilgan D. Bo‘ronova, O. Turdiyevalarning muammolari tinglandi. Bildirilgan masalalar bo‘yicha tegishli korxonalarga deputat so‘rovi bilan murojaat qilish belgilab olindi.