O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi tashabbusi bilan ilk marotaba tashkil etilgan “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining eng faol deputati” ko‘rik-tanlovi 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining partiya saylovoldi dasturiga taalluqli bandlari ijrosini ta’minlashda mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlari ish samaradorligini oshirish, partiyaning saylovoldi dasturiy ijrosini ta’minlashda barcha darajadagi deputatlik korpusi salohiyatidan foydalanish maqsadlarini qamrab oladi.
Ushbu tanlovning “Inson qadri uchun”shiori ostidagi 1-bosqichi fevral oyi davomida barcha tumanlarda (shahar) yuqori ko‘tarinkilik bilan o‘tkazilib, unda 50 dan ortiq faol deputatlar ishtirok etdi. Nizom talablari asosida hududlardan 8 nafar g‘oliblar aniqlanib, ular “Tashabbus va g‘oyalarimiz mustaqil O‘zbekiston taraqqiyoti uchun” shiori ostidagi viloyat bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishdi.
Ko‘rik-tanlovning Navoiy viloyat bosqichi Navoiy shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi faollar zalida o‘tkazildi. Barcha shartlar bo‘yicha ishtirokchilarning bellashuvi hakamlar hay’ati tomonidan adolatli baholab borildi.
Yakuniy xulosaga ko‘ra, Qiziltepa tumani 26-G‘amxo‘r saylov okrugidan saylangan deputat Valiyeva Ra’no Nasimovna faxriy 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Navbahor tumani 29-Xashman saylov okrugi deputati Boymurodova Yorqinoy Pardayevna 2-o‘rinni, Navoiy shahar 26-Mustaqillik saylov okrugi deputati Aldabergenova Shirin Kursanbekovna 3-o‘rinni egalladi.
Barcha g‘oliblar va ishtirokchilar diplom, sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.