Safimizdagi yoshlar...

 

O‘zbekiston XDP Kogon shahar kengashi deputati I. Berdiyev tashabbusi bilan "Safimizdagi yoshlar" loyihasi asosida o‘zbek she’riyatining otashnafas shoiralaridan biri, inson ruhiyati dunyosining betakror kuychisi, shoira Zulfiya Isroilova tavalludining 107 yilligi munosabati bilan Buxoro vagon deposi boshlang‘ich partiya tashkilotida yosh xotin-qizlar o‘rtasida “She’riyat malikasi” deb nomlangan she’rxonlik bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Bellashuv Zulfiyaxonimni bilasizmi? Mushoira, Badiiy mahorat shartlari asosida o‘tkazildi.

Tadbirni Kogon shahar Kengashi raisi Sh. Izomova kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Bellashuvda qizlar Zulfiyaxonim hayoti va ijodi haqidagi o‘z bilimlarini, ifodali o‘qish mahoratlarini namoyish qildilar. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan yoshlarga partiya Kengashi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish