Sog‘lom farzand dunyoga keltirish har birimizga taaluqli
Sog‘lom farzand dunyoga keltirish har birimizga taaluqli

 

Bugun O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi mediya markazida “Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda” mavzusida jonli muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston XDP MK mas’ul xodimlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti vakillari, O‘zbekiston XDP Toshkent shahar, tuman Kengashlari mas’ullari, mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zXDP Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari, XDP fraksiyasi a’zosi Vorisova Maqsuda Azizovna kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kunda ayollarning jamiyatda tutgan o‘rni, farzandlar tarbiyasi va oilani rejalashtirish bilan bog‘liq o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Qizilgul Qosimova ma’ruza qilib, oilada sog‘lom tug‘ruqni rejalashtirishning ona va bola salomatligiga ta’siri haqida yanada kengroq tushunchalar berdi. -Keyingi yillarda «Oilani rejalashtirish», istalmagan homilaning oldini olishga qaratilgan ishlar biroz susaygan, tug‘uruqlar orasidagi intervallar qisqarib bormoqda. Tug‘uruqlar soni, katta yoshdagi ayollar orasida tug‘uruqlar ko‘paygan. Farzandlar ko‘pligi yaxshi albatta, lekin ularning kelgusidagi ta’minoti, ta’lim olishi, jamiyat uchun kerakli inson bo‘lib voyaga etishi masalalari ham jiddiy e’tibor qaratish lozim bo‘lgan vazifalardan biridir, - dedi Q. Qosimova. Fraksiya a’zosi shuningdek, chala tug‘ilayotgan yoki nogironligi bor bolalar dunyoga kelishi ham ortgani xavotirli ekanini ta’kidladi.

Yig‘ilishda so‘z olganlar «Oilani rejalashtirish» oila a’zolari, onaning salomatligi hamda ruhiyati, farzandlar kelajagi, qolaversa jamiyat uchun naqadar muhimligini aniq misollar asosida tushuntirib berdilar. Muloqotda erkaklar ham faol ishtirok etib, sog‘lom farzandlarni dunyoga keltirish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirdilar.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish