Samarqandning eng faol deputati aniqlandi
Samarqandning eng faol deputati aniqlandi

 

Shu kunlarda “O‘zbekiston XDPning eng faol deputati” ko‘rik-tanlovining 2-bosqichi joylarda ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.

Hususan, Samarqand viloyatida 1-bosqich shahar va tumanlar miqyosida “Inson qadri uchun” shiori ostida 93 nafar xalq deputatlari shahar va tuman Kegashlari partiya guruhlari deputatlari o‘rtasida o‘tkazildi va g‘olib deb topilgan deputatlar viloyat bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi bosqich bellashuvlari “Tashabbus va g‘oyalarimiz mustaqil O‘zbekiston taraqqiyoti uchun” shiori ostida uchta shart asosida o‘tkazildi. Birinchi shart - “Aholi muammolarini hal etishning eng samarali yo‘li” mavzusida bo‘lib, ishtirokchilar tomonidan yangicha yondashuv asosida samara beradigan amaliy ishlari bilan ochib berildi. Ikkinchi shart siyosiy hozirjavoblik bo‘lib, bunda qatnashchilarning bilimlari sinaldi. Yana bir shart erkin mavzuda bo‘lib, deputatlar o‘zlarining takliflari bilan chiqishi lozim edi.

Hakamlar hay’ati tomonidan qo‘yilgan ballar natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston XDP Samarqand viloyati Kengashining I-darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan xalq deputatlari viloyat hamda Narpay tumani Kengashlari deputati Samadov Shuhrat Jo‘raqulovich taqdirlandi va respublika bosqichi yo‘lanmasini qo‘lga kiritdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish