Xorazmda kuchlilar aniqlandi

 

Urganch shahridagi 1- son Bolalar musiqa va san’at maktabi binosining majlislar zalida “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Eng faol deputati” ko‘rik-tanlovining Xorazm viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda ishtirokchilar uch shart bo‘yicha o‘z bilim va tajribalarini namoyish qildilar.

Hakamlar hayati xulosasiga ko‘ra, 6- “Qo‘ng‘irot” saylov okrugidan saylangan Yangiariq tumani Kengashi deputati Barno Qo‘chqorova to‘liq ustunlik bilan birinchi o‘rin sovrindori bo‘ldi va Respublika bosqichida viloyat sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

Shuningdek, Urganch tumani Kengashi deputati Zaynab Masharipova, Xiva shahar Kengashi deputati Leninza Atajanova ikkinchi, Xazorasp tumani Kengashi deputati Vaisov Mash’al, Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Sarabibi Matyoqubova, Xiva tumani kengashi deputati Gulzoda Sattarovalar uchinchi o‘ringa munosib deb topildilar.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish