Vazifalar ijrosi o‘rganildi
Vazifalar ijrosi o‘rganildi

 

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi rahbari, sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Zoxidov Zokirjon Bog‘dod tuman hokimligi katta majlislar zalida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini "Insonga e'tibor va sifati ta'lim yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturining mazmun-mohiyati va oldinda turgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida tushintirish ishlarini olib bordi.

Tadbirda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Saidjon Davlatov, tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Akbarjon Tojievlar davlat dasturi bo‘yicha Bog‘dod tumanida bajarilgan ishlar to‘g‘risida axborot berishdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish