Qibray tumanida deputatlik guruhi rejalari belgilandi
Qibray tumanida deputatlik guruhi rejalari belgilandi

 

O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat Qibray tuman deputatlik guruhi va partiya faollari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini "Insonga e’tibor va sifati ta’lim yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturining mazmun-mohiyati va partiya oldida turgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida fikr almashildi.

Joriy yil hamda o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan muhim islohotlar jarayonida Qibray tumani partiya tashkiloti va deputatlik birlashmasining faol ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Referendum va yangilanayotgan Konstitutsiyada partiya g‘oyalari, takliflari aks etayotganiga alohida urg‘u berildi.

2023 yilda Qibray tuman Kengashi tomonidan o‘tkaziladigan loyihalar yuzasidan kelishib olindi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish