Qonunchilik yoshlar nigohida
Qonunchilik yoshlar nigohida

 

O‘zbekiston XDP Toshloq tuman tashkiloti va Diniy qo‘mitaning tuman bo‘limi bilan hamkorlikda "Yuqori qishloq" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 38- 42-umumta’lim maktablarida yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida "Qonunchilik yoshlar nigohida" loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan O‘zbekiston XDP Toshloq tuman tashkiloti raisi, tuman Kengashi deputati Tursunboy Soliev, din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman bo‘limi rahbari To‘lqinjon Abdullayevlar yoshlar tarbiyasi dolzarb vazifa ekanligi, bugungi dunyoda ro‘y berayotgan turli ixtiloflar sabablari, "Ommaviy madaniyat" ning turli ko‘rinishlari va yoshlarimizni yot g‘oyalar ta’siridan asrash, bunday illatlarga qarshi ularda immunitetni shakllantirish yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Yoshlar eng avvalo ota-onasiga, Vataniga sodiq, teran va mustaqil fikrlovchi insonlar bo‘lib yetishishlari kerakligini ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqanlar yaqinda mamlakatimizda o‘tkaziladigan referendum, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, yoshlar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan moddalar to‘g‘risida yoshlarga so‘zlab berdilar.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish