Sog‘lom turmush tarzi — salomatlik garovi
Xiva tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Isayev Olimboy Qosimovich “Istiqlol”, “Indavak”, “Soyot”, “Oq yop” mahallalari aholisi bilan uchrashib, tumanda sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘tgan 2022-yil davomida va 2023-yilning shu davri mobaynida sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi.
Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirdi. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish orqali tibbiy madaniyatni shakllantirishga erishish mumkinligi haqida to‘xtaldi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning sog‘liqni saqlash sohasida qiynayotgan muammolari o‘rganildi.