Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi mazmun-mohiyati keng targ‘ib qilindi
Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi mazmun-mohiyati keng targ‘ib qilindi

 

Chortoq tumani madaniyat markazida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shohista Turg‘unova yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati haqida to‘xtaldi.

Qayd etilganidek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyamizning moddalari 128 tadan 155 taga, uning normalari 275 tadan 434 taga ko‘paymoqda. Ya’ni, Konstitutsiyamiz qariyb 65 foizga yangilanmoqda. Amaldagi 128 ta moddadan 91 tasiga konseptual o‘zgarishlar kiritilmoqda.

 

***

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zuhra Shadiyeva va Xalq deputatlari Oqqo‘rg‘on tuman Kengashi raisi Z. Chintashev tumandagi tibbiyot xodimlari bilan muloqot qildi.

Tadbirda "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni" loyihasiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. "Inson-jamiyat-davlat" tamoyili ilgari surilmoqda.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish