O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Abdullayeva Oybarchin Bekmurodovna Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati A. Oripov, Oltinsoy tuman Kengashi deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmuni va mohiyatini tushuntirish hamda referendum o‘tkazilishi bo‘yicha tuman hokimligida seminar o‘tkazildi.
Seminarda O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasi va unga kiritilayotgan o‘zgartishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Viloyat Kengashi deputati D. Suvonova, tuman Kengashi deputati Sh. Xaitov, O‘zbekiston XDP Termiz tuman Kengashi raisi G. Shafoatovalar hamkorlikda Termiz tumanidagi “Yangiobod” mahallasi hududida joylashgan Termiz Agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida “Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan deputatlar tomonidan O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasi va unga kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
Shuningdek, yangi konstitutsiyaning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan qo‘shimchalar va o‘zgartishlar inson qadrining yuksalishiga xizmat qilishi ta’kidlab, barchani 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.