Xotin-qizlar huquqlari kafolatlangan qomus
Xotin-qizlar huquqlari kafolatlangan qomus

 

O‘zXDP Qo‘shko‘pir tuman Kengashi a’zosi, deputat Matyoqubova Sarobibi “Gulzor” mahalla hududida joylashgan 2-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan “Zulfiyaxonim qizlari” tadbirida ishtirok etib, o‘z ma’ruzasida yangi tahrirdagi Konstitutsiyada bolalar huquqlari kafolatlanayotganligi, davlatimiz tomonidan aziz farzandlarimiz, bolalarimiz huquqlarini himoya qilish va ularning rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha maxsus norma kiritilayotganligi, bolalarning ta’lim olishi, ularning sog‘lom va to‘laqonli rivojlanishini davlat va jamiyat tomonidan ta’minlash to‘g‘risida o‘zgartishlar kiritilayotganligini ta’kidladi.

Mazkur normalar ijtimoiy davlatning eng muhim talabini davlat siyosati darajasiga ko‘taradi hamda fuqarolarning ayniqsa, homiladorligi yoki bolasi bor ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanishini kafolatlaydi.

Gurlan tuman 6-Ayrim fanlarni chuqur o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabida “O‘zbekiston kelajagini yangi Konstitutsiya bilan bunyod etamiz! mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda partiya faollari, maktab jamoasi ishtirok etdi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati D. Niyazmetova, tuman Kengashi deputati D. Matyakubova va Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Z. Madaminovlar o‘z so‘zida Konstitutsiyada bevosita 50-,51-,52-moddalari ta’lim bilan bog‘liqligi, xususan, davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi, o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etilishini ta’kidladilar.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish