Xalq demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi tomonidan "Farovon hayot uchun ijtimoiy davlat kerak" shiori ostida Yuqori Chirchiq tumani Kasb-hunar maktabida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Vorisova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Q.Kosimova, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi "Ayollar qanoti rahbari G.Asatova, O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi raisi A.Umaraliyev, Yuqori Chirchiq tuman kengashi mas’ul xodimlari, mahalla faollari ishtirok etishdi.
Tadbirda xotin-qizlar va yoshlarga qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ma’ruzalar va islohotlarning mazmuni va xalqimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati xususida tushuntirildi. Tadbir so‘nggida partiyamizga yangi a’zolar qabul qilindi.
Deputatlar va “Ayollar qanoti” faollari barcha xotin-qizlar va yoshlarni 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol qatnashishga chaqirdilar.