Onalik va bolalik muhofazasi – doimiy e’tiborda!
Onalik va bolalik muhofazasi – doimiy e’tiborda!

 

7 aprel – Xalqaro salomatlik kuni munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Salomatlik sayllari” oyligi hamda “Onalik va bolalik muhofazasi – doimiy e’tiborda” loyihalari doirasida ayollar va o‘smir qizlarni sog‘lomlashtirish va bo‘lajak onalarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish va individual maslahatlar berishni tashkillashtirish maqsadida Sariosiyo tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi Sharg‘un shahar ko‘ptarmoqli poliklinikada tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Unda bolalar, ayollar va katta yoshli 1275 nafar fuqaro ishtirok etdi. Ular poytaxtdan kelgan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari hamda viloyatdagi davolash profilaktika muassasalarining mutaxassislarining tibbiy ko‘rigidan o‘tishib, davolash-muolaja bo‘yicha tavsiya va maslahatlar olishdi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish